Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Vinisiusni «maymun» deb haqorat qilganlar topildi

Vinisiusni «maymun» deb haqorat qilganlar topildi

«Benfika» xodimlari Chempionlar ligasining «Real Madrid»ga qarshi kechgan birinchi pley-off o‘yini (0:1) videoyozuvlarini tahlil qilib, bahs davomida irqchilik ishoralarini ko‘rsatgan muxlislar shaxsini aniqlashdi. Bu haqda A Bola nashrining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning ikkinchi bo‘limida «qaymoqranglilar»ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior «Benfika» yarim himoyachisi Janluka Prestianni uni «maymun» deb haqorat qilganini aytganidan so‘ng o‘yin to‘xtatilgan edi. O‘sha vaziyatda futbolchilar yuzlarini qo‘llari va liboslari bilan to‘sib olishgani sababli, hujumchining so‘zlarini tekshirish qiyinchilik tug‘dirdi.

Keyinroq Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) ushbu holat bo‘yicha intizomiy surishtiruv boshlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 23:55 20.02.2026. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!