UYEFA Millatlar Ligasi yarim final bahsi yakunlandi. Unda Germaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuv Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Portugaliya foydasiga yakunlandi.
48-daqiqada Florian Virs Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Shiku Konseysau hisobni tenglashtirdi. Ordan 5 daqiqa o‘tib, Krishtianu Ronaldu hal qiluvchi golni urdi va Portugaliyaga final yo‘llanmasini ta’minlab berdi.
Yarim finalning ikkinchi juftida Ispaniya va Fransiya termalari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi..
Millatlar Ligasi finali 8 iyun kuniga belgilangan. Uchinchi o‘rin uchun bahs shu kuni 18:00 da start oladi.
UYEFA Millatlar Ligasi. A ligasi. 1/2 final
2025 yil 4 iyun, chorshanba
«Arena Myunxen», Myunxen
Germaniya - Portugaliya - 1:2
Gollar: 1:0 — Virs (48'), 1:1 — Konseysau (63'), 1:2 — Ronaldu (68')