Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Isroil futbol federasiyasini 2026 yilning iyun oyidan boshlab mamlakat hududida xalqaro o‘yinlar o‘tkazishga ruxsat berish bo‘yicha prinsipial qaror qabul qilingani haqida xabardor qildi. Bu haqda "Ynet" nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, bu 7 oktyabr voqealaridan keyin o‘yinlar o‘tkazilishi to‘xtatilganidan beri o‘tgan uch yil ichidagi siyosatning birinchi muhim o‘zgarishi bo‘ladi. Shu yozda Yevropa musobaqalariga yo‘llanma oladigan Isroil vakillari o‘yinlarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyidan buyon Isroil terma jamoalari va klublarining barcha uy o‘yinlari neytral maydonlarda o‘tkazib kelinayotgan edi.