Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

UYEFA FIFAga rasmiy talab qo‘ydi va javob berish uchun muhlat belgiladi

UYEFA FIFAga rasmiy talab qo‘ydi va javob berish uchun muhlat belgiladi

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)dan tashkilot boshqaruvi va ayrim qarorlarning qabul qilinishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berishni talab qildi.

BBC Sport nashrining xabar berishicha, FIFAga zarur hujjatlarni taqdim etish va savollarga javob qaytarish uchun 2 noyabrgacha muhlat berilgan.

Sakkiz sahifadan iborat e’lon qilingan materialda bir qator bahsli masalalar ko‘tarilgan. Ular orasida FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasiga xususiy investisiyalar jalb etilishi, FIFAning tinchlik mukofoti hamda AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning so‘nggi jahon chempionatida shartli ravishda diskvalifikasiya qilinishi bilan bog‘liq qarorlar bor.

FIFA kengashining payshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida tashkilot prezidenti Janni Infantino jahon chempionatidan tijoriy maqsadlarda foydalanish rejasi uchun uzr so‘ragan. Biroq mazkur tashabbus qanday ishlab chiqilganiga to‘liq oydinlik kiritmagan.

UYEFA rahbariyati bu masalalarga hozirning o‘zida javob berilishi shartligini ta’kidlamoqda. Yevropa futboli mutasaddilariga ko‘ra, tushuntirishlarni FIFA kengashining navbatdagi yig‘ilishigacha kechiktirish mumkin emas.

Shuningdek, kelajakda amalga oshiriladigan islohotlar avval qabul qilingan qarorlarni tekshirish va ular uchun javobgarlik masalasini hal etish o‘rnini bosa olmasligi qayd etilgan.

Hozircha FIFA belgilangan muddatda talablarni bajarmasa, UYEFA qanday choralar ko‘rishi ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 23:17 19.10.2026. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!