Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U17 yosh toifasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ldi.
Qayd etilishicha, “A” guruhida birinchi o‘rinni egallagan futbolchilarimiz chorak finalda “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan BAA termasi bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichida 1-2-o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak final bilan bir qatorda joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tadigan jahon chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.