Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya finalgacha gol o‘tkazmagan Xitoyga 4 ta gol urib, chempion bo‘ldi

U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya finalgacha gol o‘tkazmagan Xitoyga 4 ta gol urib, chempion bo‘ldi

Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa finalida Yaponiya Xitoyni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.

Dastlab, uchrashuvning 12-daqiqasida Yuto Ozeki hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Kosei Ogura farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taymda ham "samuraylar" ikki gol urishga muaffaq bo‘ldi. Ryunosuke Sato penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 76-daqiqada Ogura dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, "Kunchiqar yurt" yoshlari o‘z tarixida uchinchi bor Osiyo chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 23:49 24.01.2026. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!