Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi davom etmoqda. “C” guruhining ikkinchi tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur turda O‘zbekiston Eron bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya go‘llarga boy o‘yinda Livanni taslim etdi.
Ma’lumot uchun, vakillarimizning ochkolari soni 4 taga yetdi va ular peshqadam Janubiy Koreya bilan teng ochkoga ega bo‘ldi. Faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra jamoamiz ortda qolmoqda.
Quyida guruhdagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.