Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Eron uchrashuvida ishlaydigan hakamlar bilan tanishing

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Eron uchrashuvida ishlaydigan hakamlar bilan tanishing

Saudiya Arabistonida U-23 terma jamoalari o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada O‘zbekiston U-21 terma jamoasi "C" guruhidan joy olgan bo‘lib, 2-turda Eronga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu bellashuvni quvaytlik hakam boshchiligidagi brigada boshqarib boradi.

Bosh hakam: Abdullah M. M. H. M. H. Jamaliy (Quvayt)
Yordamchi hakamlar: Ali T. H. A. Jraq (Quvayt), Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn)
To‘rtinchi hakam: Ammar Ibrohim Hasan Mahfuz (Bahrayn)
VAR hakam: Ketrin Margaret Yasevich (Avstraliya)
AVAR hakam: Abdullah M. Ye. A. H. Arab (Quvayt)
Zaxira hakam: Chia Eng Va Jon (Singapur)

Ma’lumot uchun, uchrashuv 10 yanvar kuni soat 19:00 da start oladi. Birinchi turda Ravshan Haydarov shogirdlari g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 19:36 08.01.2026. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!