Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

To‘rtta pedagogika oliygohiga yangi rektorlar tayinlandi

To‘rtta pedagogika oliygohiga yangi rektorlar tayinlandi

O‘zbekistondagi to‘rtta pedagogika oliy ta’lim muassasasiga yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi.

Vazirlar Mahkamasi qarorlariga ko‘ra:

Jizzax davlat pedagogika universitetiga Maqsudjon Yoldoshev rektor etib tayinlandi. U bungacha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali ijrochi direktori vazifasiga esa Ulug‘bek Toshkenboyev tayinlandi. U tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Shahrisabz davlat pedagogika institutiga Mash’al Saidov rektor etib tayinlandi. U ilgari Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga esa Sherzod O‘roqov rektor sifatida tasdiqlandi. U Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangi tayinlovlar oliygohlarda rahbarlik salohiyatini kuchaytirish va pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:17 26.08.2025. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!