Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turli vajlar bilan to‘xtab qo‘yilgan yirik qurilish loyihasi qayta tiklandi

Turli vajlar bilan to‘xtab qo‘yilgan yirik qurilish loyihasi qayta tiklandi

Namangan shahrida faoliyat yurituvchi “Home future” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ faoliyati viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan.

Aniqlanishicha, tadbirkor tomonidan 9 qavatli turar-joy binosini qurish jarayonlari monitoring qilinganda vaziyat to‘liq o‘rganilmay turib, tegishli qonunchilik talablari buzilgan degan vaj bilan qurilish ishlarini to‘xtatish talabi qo‘yilgan.

Tadbirkor ushbu masalada inspeksiyaga bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, loyihani davom ettirishga ruxsat ololmagach, Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 milliard so‘mni (70 foizi bank krediti) tashkil etib, unga asosan 16 ta uyda jami 1 500 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlarining to‘xtatilishi o‘z navbatida doimiy asosda mehnat qiluvchi 300 dan ortiq ishchining ishsiz qolishi va 2 milliard so‘mdan ortiq muddati o‘tgan kredit qarzdorligi hosil bo‘lishi xavfini tug‘dirgan.

Mazkur holat to‘liq o‘rganilib, tadbirkor tomonidan qonun hujjatlari talabi buzilmaganligi aniqlandi va Biznes-ombudsman devoni tomonidan kiritilgan taqdimnoma natijasida tadbirkorning qonuniy faoliyati tiklanilishi, qonun talabi buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdorga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 15:48. O'qildi: 136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!