Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi

Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1 dekabrdan boshlab Turkmaniston Markaziy banki 200 manatlik banknotani muomalaga kiritdi.

Yangi kupyuraning muomalaga kiritilishi Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomini olgani 30 yilligiga to‘g‘ri keladi. Banknota polimerdan (plastik) tayyorlangan. Uning old tomonida Arqadag‘ yodgorligi, orqa tomonida esa Arqadag‘ shahri hokimligining ma’muriy binosi tasvirlangan.

Bundan tashqari, nominal qiymati 1, 5, 10 manat bo‘lgan modifikasiyalangan polimer banknotalar muomalaga chiqarildi. Ushbu kupyuralarning rangi va dizayni umuman saqlanib qolgan, biroq Turkmaniston hukumati 2025 yilni “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb belgilagan emblema qo‘shilgan.

Turkmaniston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, yangi banknotlarning asosiy xususiyatlari qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalanganligi va tashqi ta’sirlarga - ifloslanish, eskirish, shikastlanish va boshqa omillarga chidamliligidir. Shu bilan birga, avvalgi qog‘oz pullar Turkmaniston hududida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 22:05 01.12.2025. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!