Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiyadagi zavodda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan olti kishi qo‘lga olindi

Turkiyadagi zavodda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan olti kishi qo‘lga olindi

Turkiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Izmir viloyati Aliaga tumanidagi HABAŞ metallurgiya zavodida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan olti kishi qo‘lga olindi.

Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov doirasida olti nafar gumonlanuvchi hibsga olingan.

Ayni paytda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Qayd etish joizki, portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi jarohatlangan. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.

Kiritildi: 09:50 10.11.2026. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik