Turkiyaning Qahramanmarash shahridagi maktabga qurolli hujum uyushtirildi.
Hujum oqibatida 1 nafar o‘qituvchi va yana 3 kishi halok bo‘lgan, kamida 20 kishi yaralandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar oynadan sakrab tushib qochgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Hodisa Onkishubat tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan. Oqibatda hududga ko‘plab polisiya kuchlari jalb etildi.
Qahramanmarash prokuraturasi maktabdagi qurolli hujum bo‘yicha darhol tergov boshlaganini va voqea joyiga tegishli mutaxassislar jo‘natilganini ma’lum qildi.
Bu so‘nggi 2 kun ichida Turkiya maktablarida sodir bo‘lgan ikkinchi otishma.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 aprel kuni Turkiyaning Shanliurfa viloyatida ham o‘smir yigit o‘rta maktabga qurolli hujum uyushtirgan va unda 18 kishi jarohatlangani aytilgandi.