Mersin portida Janubiy Amerikadan kelayotgan yuk kemasida 350 kg kokain topildi.
TRT Haber telekanalining xabar berishicha, operasiya Turkiya polisiyasi bosh boshqarmasining Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan Istanbul va Mersindagi tegishli polisiya bo‘linmalari ishtirokida muvofiqlashtirildi.
Kemani tintuv qilish paytida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jami taxminan 350 kg og‘irlikdagi 12 ta katta kokain paketini topdilar.
Bundan tashqari, sho‘ng‘in uskunalari va suv osti skuter aksessuarlari musodara qilindi.
To‘qqiz gumondor ustidan tergov boshlandi.