Turkiyaning Antaliya shahrida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi.
Bu haqda mahalliy Haberler.com nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi va yana bir yo‘lovchi kasalxonada vafot etgan.
Avvalroq viloyat gubernatori Hulusi Shahin sakkiz kishi halok bo‘lgani va 26 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.