Si Jinpin Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdi, bu esa uning Tayvanga bostirib kirish imkoniyatlarini kengaytiradi — The Wall Street Journal.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy yetakchisi so‘nggi uch yil ichida olti yuqori martabali generaldan beshtasini lavozimidan chetlashtirgan.
"Eng muhim voqea Xitoy markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari, Si Jinpinning bolalikdan tanish bo‘lgan yaqin ittifoqchisi general Chjan Yusyaning hibsga olinishi bo‘ldi. 24 yanvarda Chjan Yusyaning lavozimidan chetlashtirilishi Xitoy harbiy rahbariyatida yetakchi shaxslarni, ya’ni Si Jinpinning qarorlarini cheklay oladigan shaxslarni deyarli yo‘q qildi", deyiladi maqolada.