Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz hududlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmaydi — Zelenskiy

Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz hududlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmaydi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Chexiyaning Český rozhlas nashriga bergan intervyusida Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmasa, muzokaralar davomida hududiy masalalarni hal etib bo‘lmasligini aytdi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina Rossiya va AQSh bilan istalgan formatda uchrashuvlarga ochiq ekanini ma’lum qildi.

"Biz muzokaralarning qaysidir bosqichida Yevropaning ishtirok etishini istaymiz, chunki xavfsizlik kafolatlarimizning bir qismi Yevropa Ittifoqiga a’zolik, shuningdek, “Ko‘ngillilar koalisiyasi”dir", — dedi u.

"Biroq, eng avvalo, uch tomonlama uchrashuv muhim. Kamida, Rossiya davlati rahbari bilan u yoki bu formatda aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz zarur. Bunday formatsiz jamoalarimiz hududiy masalalar bo‘yicha kelisha olmaydi", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

"Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bu masalalarni davlat rahbarlaridan boshqa hech kim hal qila oladi, deb o‘ylamayman", — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u tinchlik muzokaralari yakuniy bosqichda ekani haqida aniq ma’lumoti yo‘qligini aytdi.

"Yakuniy bosqich eng murakkabi hisoblanadi va hozircha biz haqiqatan ham natijaga yaqinmizmi yoki aksinchami — bilmaymiz. Buni aytish qiyin. Biz AQShning xavfsizlik kafolatlariga tayanayapmiz, tegishli hujjat allaqachon tayyor. Shuningdek, Yevropaning xavfsizlik kafolatlariga ham tayanayapmiz. Ammo hali parlamentlar yoki AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanmagan", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.

1 fevral kuni Abu-Dabida Rossiya va Ukraina delegasiyalari muzokaralarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tishi kerak. Muzokaralar bu safar AQSh delegasiyasi ishtirokisiz o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 17:04. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!