Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Turkiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning shimolida joylashgan Chankiri shahrida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Haber Global nashri xabar berishicha, shahar tomon harakatlanayotgan avtomobil haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan va jarlikka qulab tushgan.

Halokat natijasida 74 yoshli haydovchi Rejep Yazidji hamda yo‘lovchilar — 56 yoshli Ayshe Oztyurk, 74 yoshli Fatma Duman va Kibar Yilmaz halok bo‘lgan.

Yana bir kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!