O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik davomida Istanbul shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Mazkur shaxs belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining sud organlariga topshirildi.
O‘zbekiston va Turkiya vakolatli idoralari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda.