Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Asli Namangan viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli fuqaro Turkiyaning Izmir shahrida yashab kelayotgan vaqtida ko‘p qavatli turar-joy binosining 4-qavatidan tushib ketgan.
Hozirda u shifoxonada davolanayotgani aytilgan. Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, ayolning ahvoli og‘ir ekani qayd etilgan.

O‘zbekistonlik ayol Turkiya fuqarosi bo‘lgan shaxs bilan shar’iy nikoh asosida turmush qurgan, biroq ushbu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Nikoh marosimi Namangan viloyatining Chust tumanida o‘tkazilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vaziyat O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingani aytilgan.

Kiritildi: Bugun 09:19. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!