Turkiyada o‘smir polisiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirib, ikki huquq-tartibot xodimini o‘ldirdi.
Voqea Izmir viloyatining Balchova tumanida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yoshli o‘smir uzun nayli qurol ishlatgan. Hujum natijasida ikki polisiyachi halok bo‘ldi, bir nafari og‘ir yaralandi.
Voqea joyiga ko‘plab tez yordam brigadalari va polisiyaning maxsus bo‘linmalari tezda yetib keldi. Xavfsizlik kuchlari allaqachon polisiya bo‘limi atrofini o‘rab olgan.
Huquq-tartibot idoralari hujumchini qo‘lga olish bo‘yicha operasiya o‘tkazmoqda.