Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiyada og‘ir YTH: 10 nafar xorijlik sayyoh jabrlandi

Turkiyada og‘ir YTH: 10 nafar xorijlik sayyoh jabrlandi

Turkiyaning Edirne shahri yaqinida turistik avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 10 nafar Bolgariya fuqarosi jarohatlandi.

IHA axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Kemalko‘y aholi punkti yaqinida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga polisiya, jandarmeriya, o‘t o‘chirish xizmati va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan.

Jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib ketilgan.

Kiritildi: 20:23 31.10.2026. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik