Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Turkiyada noqonuniy qimor o‘yinlari bilan bog‘liq ish bo‘yicha o‘nlab odamlar hibsga olindi

Turkiyada noqonuniy qimor o‘yinlari bilan bog‘liq ish bo‘yicha o‘nlab odamlar hibsga olindi

Turkiyada noqonuniy qimor tashkilotiga qarshi operasiya doirasida o‘nlab odamlar hibsga olindi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq sahifasidagi bayonotida ma’lum qildi.

"Nigde shahrini ham o‘z ichiga olgan 13 ta viloyatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 34 nafar gumondor 9 milliard lira (199,3 million AQSh dollari) miqdorida noqonuniy pul tikishda ishtirok etgani uchun hibsga olindi", deyiladi bayonotda.

Qo‘lga olinganlardan 31 nafari hibsga olingani, uch nafari sud nazorati ostida qo‘yib yuborilgani ta’kidlanmoqda.

Tergov doirasida Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari gumondorlardan 26 ta noqonuniy pul tikish va qimor veb-saytlariga tegishli deb taxmin qilingan katta miqdordagi raqamli materiallar (ma’lumotlar) va ashyoviy dalillarni musodara qildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, operasiya Adana, Eskishahar, Gaziantep, Istanbul, Izmir, Malatya, Mardin, Samsun, Shonliurfa, Trabzon, Shirnak va Vanda ham o‘tkazilgan. “Gumonlanuvchilarga tegishli taxminan 1,24 milliard turk lirasi (27,46 million dollar) qiymatidagi mol-mulk, jumladan, 2623 ta bank va kriptovalyuta hisoblari, to‘rtta kompaniya va ularning aksiyalari, bitta yoqilg‘i quyish shoxobchasi, to‘rtta tijorat mulki, beshta yer uchastkasi va 15 ta transport vositasi musodara qilindi.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!