Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada harbiy vertolyot halokatga uchradi: 4 kishi vafot etdi

Turkiyada harbiy vertolyot halokatga uchradi: 4 kishi vafot etdi

Turkiyaning Malatya viloyatida S-70 rusumli harbiy vertolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida bortda bo‘lgan to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.

NTV Haber telekanalining mamlakat Milliy mudofaa vazirligiga tayanib xabar berishicha, fojia sabablari hozircha aniqlanmagan.

«Malatyada S-70 vertolyotimiz noma’lum sabablarga ko‘ra halokatga uchradi. Afsuski, bortdagi to‘rt nafar safdoshimiz hayotdan ko‘z yumdi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Hodisaning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum.

Kiritildi: 23:29 12.11.2026. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik