Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada baxtsiz hodisaga uchragan o‘zbekistonlik ayol Vatanga qaytarildi

Turkiyada baxtsiz hodisaga uchragan o‘zbekistonlik ayol Vatanga qaytarildi

Fuqaro Z.N. ishlash maqsadida Turkiya Respublikasining Bursa shahriga kelgan vaqtida baxtsiz hodisaga uchrab, uchinchi qavatdan yiqilib tushgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam orqali shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa haqida xabar topgan Bursa shahridagi fidoyi hamyurtlarimiz ko‘ngilli ravishda navbatchilik tashkil etib, fuqaroning davolanishi va sog‘ayishiga yaqindan ko‘maklashdilar.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi hamkorligida fuqaro Turkiyadan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli qaytarildi.

Kiritildi: 19:36 19.07.2026. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!