Turkiya sudi O‘zgur O‘zelni bosh muxolifat Xalq-respublikachilar partiyasi yetakchiligidan chetlashtirdi va partiya boshqaruvini Erdo‘g‘onga yutqazib qo‘ygan Kemal Qilichdoro‘g‘luga qaytardi, deb yozmoqda The Insider
Sud Xalq-respublikachilar partiyasining (XRP) 2023 yilda O‘zel rais etib saylangan qurultoyi natijalarini bekor qildi. Avvalroq birinchi bosqich instansiya sudi partiya qurultoyidagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ishning mazmunini ko‘rib chiqishni rad etgan edi, biroq apellyasiya bosqichi bu qarorni bekor qildi.
Partiya chiqarilgan ushbu hukmni "to‘ntarishga urinish" deb baholadi. XRPning parlamentdagi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Ali Mahir Basarirning aytishicha, bu sud tizimi orqali amalga oshirilgan to‘ntarishga urinish va 86 million aholining xohish-irodasiga berilgan zarbadir.
Erdo‘g‘on hukumati esa, o‘z navbatida, muxolifatga bosim o‘tkazish uchun sudlardan foydalanilayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda va bu qaror qonun ustuvorligini mustahkamlashini ta’kidlamoqda. Lavozimiga qaytarilgan Qilichdorig‘lu xotirjamlikka chaqirib, Turkiya bu voqealardan foyda ko‘rishiga umid bildirdi. O‘zel partiya rahbariyatining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi, partiya tarafdorlari esa norozilik namoyishlari o‘tkazilishini e’lon qildi.