Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya muxlislari oldida uyalib qoldi

Turkiya muxlislari oldida uyalib qoldi

Belgiya terma jamoasi Liga millatlari guruh bosqichi beshinchi turida Turkiyaga qarshi o‘yinda muhim g‘alabaga erishdi. Izmir shahrida o‘tgan bellashuv 2:1 hisobida belgiyaliklar foydasiga yakunlandi.

O‘yinda hisobni Turkiya jamoasi ochdi. 20-daqiqada Arda Gyuler mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ammo bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmadi. Belgiya terma jamoasi qisqa vaqt ichida o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi.

27-daqiqada Kevin De Bryoyne hisobni tenglashtirdi, ortidan esa 30-daqiqada Sharl De Ketelare aniq zarbasi bilan jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Bu natijadan so‘ng Belgiya 9 ochko jamg‘arib, liga A birinchi guruh jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Turkiya terma jamoasi esa beshinchi marta ketma-ket mag‘lubiyatga uchrab, to‘rtinchi — so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Jamoa oldinroq chorak finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan edi. Keyingi tur doirasida 15 noyabr kuni Belgiya o‘z maydonida Italiyani qabul qiladi. Turkiya esa shu kuni safarda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:04 13.11.2026. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik