Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifiga oid muhim ma’lumot

Turkiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifiga oid muhim ma’lumot

Turkiya fuqarolarining turli maqsadlarda (oila birlashuvi, turizm, biznes, ish va h.k.) O‘zbekistonga tashriflari soni tobora ortib borayotgani munosabati bilan, Bosh konsulxona quyidagilarni eslatib o‘tadi:

🔹 Turkiya fuqarolari O‘zbekiston hududida vizasiz 30 kungacha bo‘lish huquqiga egadirlar.

🔹 O‘zbekistonga yetib kelganidan so‘ng, uch kun muddatda vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim (mehmonxonada yashovchilar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi).

⚠️ Agar Turkiya fuqarosi vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan O‘zbekistonda istiqomat qilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 225-moddasiga muvofiq quyidagi jarimalar qo‘llanilishi mumkin:

• ✅ 10 kundan oshiq bo‘lsa — BHMning 5 baravari miqdorida;

• ✅ 10 kundan 30 kungacha — BHMning 10 baravari miqdorida;

• ✅ 30 kundan ortiq bo‘lsa — BHMning 20 baravari miqdorida jarima tayinlanadi.

💡 Agar belgilangan jarima to‘lanmasa, fuqaroning O‘zbekiston hududiga kirishi 1 yilga cheklanadi va u mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

🔁 Agar Turkiya fuqarosi 1 yil ichida takroran O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzsa, uning mamlakatimizga kirish huquqi 3 yil muddatga cheklanadi va fuqaro O‘zbekistondan chiqarib yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

Telefon: +902129090804

Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/Istanbul (https://maps.app.goo.gl/cu7iGVANwaFsQLRN7?g_st=com.google.maps.preview.copy)

Kiritildi: 22:08 05.07.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!