Turkiya chempionati 21-turida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Eyupspor"ni mag‘lub etdi - 2:1.
"Bashakshehir" safida dastlabki golni Devi Zelke kiritdi, unga hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev golli uzatma berdi.
Yana bir o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 53-daqiqada Kristofer Operining uzatmasidan foydalanib, jamoasining ikkinchi golini urdi.
Umut Bozok 90+3-daqiqada mezbonlarning yagona javob golini kiritdi.
"Bashakshehir" 33 ochko bilan 6-o‘rinda. "Eyupspor" 18 ochko bilan 15-pog‘onada.
Turkiya chempionati. 21-tur
Eyupspor - Bashakshehir - 1:2
Gollar: 14' 0:1 - D. Zelke (A. Fayzullayev), 53', 0:2 - E. Shomurodov (K. Operi), 90+3' 1:2 - U. Bozok (A. Torres).