Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Eron va Livan uchun keyingi rejalarni tasdiqladi

Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Eron va Livan uchun keyingi rejalarni tasdiqladi

Isroil armiyasi shtab boshlig‘i general-leytenant Eyal Zamir Eron va Livanga keyingi zarbalar rejalarini ma’qulladi.

Zamirning so‘zlari Isroil armiyasi matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

"Kecha men Bosh shtab qo‘mondonligi bilan birgalikda keyingi rejalarni ma’qulladim. Biz vaziyatni doimiy ravishda baholashda davom etamiz va Livan va Eron uchun rejalarni ma’qullaymiz", dedi shtab boshlig‘i Livan janubida joylashgan Isroil qo‘shinlariga tashrifi chog‘ida.

Zamir Isroil armiyasi yuqori tayyorgarlik holatida ekanligini qo‘shimcha qildi: "Isroil havo kuchlari samolyotlari qurollangan va tayyorlangan, nishonlar o‘z tizimlariga yuklangan. Biz darhol kuchli zarba berish uchun qanday harakat qilishni bilamiz."

Zamir Isroil Livanda "Hizbulloh"ga zarba berishda davom etayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari hozirgi operasiya boshlanganidan beri 1700 dan ortiq "Hizbulloh" jangchilarini o‘ldirgan.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!