14 aprel kuni Samarqand tumani, “Qumzor” MFY, Shohnoma ko‘chasida yashagan, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro V.T. yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi ta’minlanib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
"Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz" - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning tarqatgan rasmiy bayonotida.