Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

AQShning rejasi barbod bo‘ldimi?

AQShning rejasi barbod bo‘ldimi?

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Tramp Tehrondagi rejimni ag‘darish maqsadida boshlagan urush mutlaqo teskari natija berdi. "Bosiq" yetakchilar o‘rniga hokimiyatga ashaddiy harbiylar va "qiyomat yaqinligiga ishongan" diniy guruhlar keldi.

"Urush rejimni o‘zgartirdi, ammo yaxshi tomonga emas. Biz eronliklar urushdan oldin ko‘rgan kunlardan ham dahshatliroq voqelikni yaratib qo‘ydik", — deydi Isroil harbiy razvedkasining Eron bo‘yicha sobiq mutaxassisi Sitrinovich.

Nashrning ta’kidlashicha, Islom inqilobi korpusi qo‘riqchilari (IIKQ) faxriylaridan iborat yangi rahbariyat siyosiy yo‘lni yanada qattiqlashtirmoqda.

Ekspert Said Golkarning fikricha, IIKQ ichidagi eng "keskin" guruh ustunlikni qo‘lga olmoqda, bu esa mojaroning yanada uzoq davom etishini anglatadi.

WSJ AQSh strategiyasi mag‘lub bo‘lganini qayd etdi: Tehron taslim bo‘lish o‘rniga ichki muxolifatni qirib tashladi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kuchaytirdi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!