Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki tasdiqlandi

Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki tasdiqlandi

FIFA prezidenti Janni Infantino CNBC telekanalining "Invest in America" forumida chiqish qilib, "Eron jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashadi", bu aniq, deb bayonot berdi.

"Umid qilamizki, o‘sha vaqtga kelib vaziyat, albatta, tinch bo‘ladi. Avval aytganimdek, bu shubhasiz yordam bergan bo‘lardi. Lekin Eron kelishi shart. Ular o‘z xalqi nomidan chiqishadi. Ular saralashdan o‘tishdi. Futbolchilar ishtirok etishni xohlaydi", — dedi Infantino.

​Bu yilgi Jahon chempionatiga AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi va turnir 11 iyunda boshlanadi. Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchta o‘yinini Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazishi kerak (FIFA ushbu o‘yinlarni Meksikaga ko‘chirish haqidagi taklifni rad etdi). Mart oyi o‘rtalarida Eron Sport vaziri mamlakat terma jamoasi turnirda ishtirok etmasligini aytgan edi.

​Mart oyi oxirida esa Infantino jamoaning Turkiyaning Antaliya shahridagi mashg‘ulot yig‘iniga tashrif buyurgandi.

"Ular chempionatda qatnashishi lozim — sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak. Albatta, biz Oyda emas, Yer sayyorasida yashayapmiz. Ammo agar hech kim boshqa davlatlar o‘rtasida ko‘priklar o‘rnatish va ularni saqlab qolish kerakligiga ishonmay qo‘ygan bo‘lsa, biz aynan shu ish bilan shug‘ullanamiz", — deya qo‘shimcha qildi FIFA rahbari.

Kiritildi: Bugun 13:30. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!