Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Yunus Emre instituti prezidenti bilan uchrashdi

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Yunus Emre instituti prezidenti bilan uchrashdi

2026 yil 28 oktyabr kuni Anqara shahridaTurkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor Oqtoti Raimqulova hamda Yunus Emre institutining yangi prezidenti, professor, doktor Selim Arg‘un o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida professor Aktoti Raimqulova Selim Arg‘unni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek,Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Yunus Emre instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali uni mustahkamlashga umid bildirdi.

O‘z navbatida, professor, doktor Selim Arg‘un Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi faoliyatiga yuksak baho berib, hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi hamda bunga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda turkiy xalqlarning mushtarak madaniy merosini asrab-avaylash, o‘rganish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish borasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, qo‘shma nashrlarni tayyorlash, ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish, bilim va tajriba almashish, shuningdek, raqamli platformalar orqali turkiy dunyoning boy madaniy merosini keng xalqaro auditoriyaga yetkazish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 17:51 31.10.2026. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!