Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi Prezidenti Qozog‘iston arxitektura va qurilish yetakchi akademiyasining 45 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada nutq so‘zladi

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi Prezidenti Qozog‘iston arxitektura va qurilish yetakchi akademiyasining 45 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada nutq so‘zladi

2026 yil 13 aprel kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Ijodiy iqtisodiyot uchun raqamli arxitektura, qurilish va sun’iy intellekt” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir Qozog‘iston Arxitektura va Qurilish Yetakchi Akademiyasi (KazGASA) hamda Xalqaro Transmilliy Ta’lim Assosiasiyasi (ITEA) hamkorligida tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, ushbu konferensiya KazGASA tashkil etilganining 45 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlariga rasmiy start berdi.

Rasmiy ochilish marosimida Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi Prezidenti, professor Aktoti Raymkulova faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, nutq so‘zladi. U o‘z so‘zining avvalida Qozog‘istonda arxitektura va qurilish sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan KazGASA jamoasini 45 yillik yubiley bilan tabrikladi.

Professor Aktoti Raymkulova o‘z nutqida 2025 yilda Jamg‘arma ko‘magida Akademiya qoshida tashkil etilgan Turkiy madaniyat va meros markazi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Ta’kidlanishicha, mazkur markaz turkiy dunyoning umumiy ma’naviy qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani asrash va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ilmiy-madaniy platforma vazifasini o‘tab kelmoqda.

KazGASA bilan hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritar ekan, Jamg‘arma Prezidenti mavjud hamkorlik faqat amaldagi loyihalar bilan cheklanib qolmasligini, balki kelgusida qo‘shma ilmiy va ta’lim tashabbuslari yanada kengaytirilishini alohida ta’kidladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi raqamli transformasiya, qurilishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, Building Information Modeling (BIM) tizimi hamda “aqlli shahar” konsepsiyasi yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashinuvini ta’minlashdan iborat.

Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirda Ozarbayjon, Turkiya, Ispaniya, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan kelgan yetuk olimlar va mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Shuningdek, konferensiya doirasida arxitektura merosini raqamli saqlash, ekologik barqaror dizayn yondashuvlari hamda ijodiy industriyalar uchun yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash masalalari yuzasidan keng muhokamalar olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:08. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!