Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Turizm qo‘mitasi raisi: “Turizm infratuzilmasi bo‘yicha yangi tashkilot ishga tushadi”

Turizm qo‘mitasi raisi: “Turizm infratuzilmasi bo‘yicha yangi tashkilot ishga tushadi”

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov matbuot anjumanida turizm infratuzilmasi bo‘yicha yangi tashkilot ishga tushishini ma’lum qildi.

“Endilikda har bir hududda “jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh” zanjiri asosida tizimli ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali 34 ta yirik turizm ob’ekti bo‘yicha master rejalar ishlab chiqilib, 31 ta turizm ob’ekti tashkil etiladi va rivojlantiriladi. Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Qipchoq baliqchilar ovuli” maskani loyiha boshqaruvi asosida rivojlantiriladi”, – dedi Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulov.

Ma’lum qilinishicha, turizm maskanlarini alohida reja asosida faoliyatini rivojlantirish va tashkil qilish ishlarini olib borish maqsadida Qo‘mita huzurida “Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi” DM tashkil qilinmoqda.

Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 450 mlrd so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Umumiy hisobda joriy yilda 950 mlrd so‘m mablag‘lar turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!