Tehran Times gazetasining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Eronning mojaroni hal qilish bo‘yicha taklif qilgan 14 banddan iborat rejasini rasman rad etdi.
Hujjatda dastlab barcha jabhalarda to‘liq va zudlik bilan sulh tuzish, so‘ngra Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muhokamalar talab qilingan.
Eron ushbu rejani may oyi boshida diplomatik kanallar orqali AQShga taqdim etgan edi. Agar javob ijobiy bo‘lsa, Tehron muzokaralarning ikkinchi bosqichini darhol boshlashga tayyor edi. Biroq, Oq uy o‘zining rasmiy javobida hujjatdagi barcha takliflarning qabul qilinmasligini ta’kidladi va Eronga yadroviy dasturi bo‘yicha bosim o‘tkazishda davom etdi, deb xabar beradi nashr.
10 may kuni Eron AQSh tomonidan ishlab chiqilgan Yaqin Sharq tinchlik kelishuvi rejasiga javob berdi. Wall Street Journal xabariga ko‘ra, o‘z javobida Eron tomoni yadroviy inshootlarini demontaj qilishdan bosh tortgan. AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronning javobini «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atadi va harbiy harakatlarni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqdi.