Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ar-Riyod mintaqa davlatlari va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv bo‘yicha maslahatlashuvlar olib boryapti. Shartnoma AQSh va Isroilning harbiy operasiyasi yakunlanganidan keyin imzolanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
G‘arb diplomatlarining qayd etishicha, bo‘lajak pakt uchun 1975 yildagi Xelsinki kelishuvlari asos qilib olinyapti. Ushbu kelishuvlar o‘z vaqtida sovuq urush davrida keskinlikni kamaytirishga yordam bergan edi.