Pentagon Yevropa hududidagi Amerika qo‘shinlari sonini kamaytirish bo‘yicha choralarni boshladi. Bu qaror AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset buyrug‘i asosida qabul qilingani xabar qilinmoqda.
CNN ma’lumotiga ko‘ra, Vashington Yevropaga yuborilishi rejalashtirilgan bir nechta harbiy bo‘linmalar joylashuvini to‘satdan bekor qilgan.
Jumladan, Polsha va boshqa davlatlarda navbatma-navbat xizmat qilishi kerak bo‘lgan 1-kavaleriya diviziyasining 2-zirhli jangovar brigadasi Yevropa yo‘nalishidan chaqirib olinmoqda. Brigada tarkibining bir qismi allaqachon Yevropa hududiga yetib kelgan bo‘lgan.
Shuningdek, Germaniyaga joylashtirilishi rejalashtirilgan, uzoq masofali raketa va snaryadlar bilan ishlashga ixtisoslashgan batalyon ham bekor qilingan.
Tahlilchilar bu qarorni Donald Tramp ma’muriyatining NATO va Yevropa ittifoqchilariga nisbatan yangi bosim siyosati sifatida baholamoqda.