Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh prezidentining Xitoy safari qanday yakunlandi?

AQSh prezidentining Xitoy safari qanday yakunlandi?

AQSh prezidenti Donald Trampning to‘qqiz yildan keyingi ilk Xitoy safari keskin bayonotlar va diplomatik signallar bilan yakunlandi.

Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin Trampni yuqori darajada kutib oldi va muzokaralarda Xitoy AQSh bilan teng maqomda ekanini namoyon qildi. Shu bilan birga, u Tayvan masalasida Vashingtonni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirib, noto‘g‘ri qadamlar ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

Xitoy tomoni muzokaralarda geosiyosiy o‘zgarishlar va Tayvan mavzusi muhokama qilinganini ta’kidlagan bo‘lsa, AQSh tomoni asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlik, neft-gaz savdosi, fentanil muammosi va Eron masalasiga qaratilganini bildirdi.

Muzokaralardan so‘ng Tramp Si Szinpinni «buyuk yetakchi» deb atadi va Xitoy bilan munosabatlardan ijobiy natija kutayotganini aytdi.

Biroq kuzatuvchilar fikricha, uchrashuvdan aniq kelishuvlar chiqmagan. Tahlilchilarning baholashicha, asosiy natija — ikki yirik davlat rahbarlarining ochiq ziddiyatsiz muloqot o‘tkazgani bo‘ldi.

Tramp Pekinni tark etgach, Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlagani ham xalqaro maydonda e’tibor markaziga aylandi.

Kiritildi: Bugun 20:21. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!