AQSh prezidenti Donald Tramp Afrika qit’asidagi ISHID terrorchilik tashkiloti yetakchilaridan birini yo‘q qilganini e’lon qildi.
Amerika yetakchisi bayonotni o‘zining Truth Social sahifasida e’lon qildi.
"Bugun kechqurun, mening ko‘rsatmamga ko‘ra, jasur Amerika va Nigeriya qurolli kuchlari dunyoning eng faol terrorchisi Abu Bilol al-Minuqini jang maydonidan yo‘q qilish uchun puxta tayyorlangan va o‘ta murakkab operasiyani benuqson amalga oshirdi", deb yozgan Oq uy rahbari.
Tramp Amerika manbalari Vashingtonni ushbu terrorchining Afrikadagi barcha faoliyati haqida xabardor qilib turganini ta’kidladi. AQSh prezidenti uning yo‘q qilinishi ISHID operasiyalarini sezilarli darajada buzganini aytdi.
"U endi Afrika xalqlari orasida terror sepmaydi yoki Amerika fuqarolariga qarshi operasiyalarni rejalashtirishda ishtirok etmaydi. Biz Nigeriya hukumatiga ushbu operasiyada ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz", deb xulosa qildi Tramp.