Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh delegasiyasi Xitoyda berilgan telefon va nishonlardan voz kechdi

AQSh delegasiyasi Xitoyda berilgan telefon va nishonlardan voz kechdi

AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga tashrifi davomida amerikalik jurnalistlar va delegasiya a’zolariga berilgan telefonlar, beydjlar va boshqa buyumlar AQShga qaytish oldidan musodara qilinib, chiqindilar qutisiga tashlangani ma’lum bo‘ldi.

New York Post muxbiri Emili Gudinning aytishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan Xitoy rasmiylari tomonidan berilgan barcha buyumlar Air Force One samolyotiga chiqishdan oldin yig‘ib olingan.

«Bizga Xitoydan hech qanday buyumni samolyotga olib kirishga ruxsat berishmadi. Hammasini samolyot zinapoyasi yonidagi chiqindi qutisiga tashlashdi», — dedi jurnalist.

Trampning Pekinga ikki kunlik tashrifi 15 may kuni yakunlandi. Safar davomida u Xitoy raisi Si Szinpin bilan Tayvan va Eron mavzularini muhokama qilganini bildirgan.

Shuningdek, Tramp Xitoy AQSh kompaniyalariga yuzlab milliard dollar sarmoya kiritishga tayyorligini va Pekin Eronga harbiy texnika yetkazib bermaslikka va’da qilganini aytdi.

Kiritildi: 23:29 15.05.2026. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!