Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina dronlari Ryazanga zarba berishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, turar joy binolari shikastlandi

Ukraina dronlari Ryazanga zarba berishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, turar joy binolari shikastlandi

Ukraina dronlari Ryazanga zarba berishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, turar joy binolari shikastlandi — viloyat hokimiyati ma’lumoti.

Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkovning xabar berishicha, hujum oqibatida ikkita turar joy binosiga shikast yetgan. Shuningdek, dron parchalaridan biri sanoat korxonalari hududiga tushgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi, jumladan, bolalar jarohatlangan. Gubernator hozirda shikastlangan konstruksiyalarni tozalash ishlari olib borilayotgani va aholi evakuasiya qilinayotganini ma’lum qildi.

Aynan qaysi korxona zarar ko‘rgani haqida viloyat rasmiylari ma’lumot bermagan. Ukrainaning Exilenova+ monitoring telegram kanali avvalroq dronlarning nishoni neftni qayta ishlash zavodi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Guvohlar tomonidan olingan ko‘plab videolarda shahar uzra olov shu’lasi va qora tutun ko‘tarilgani ko‘ringan. Ushbu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i hozircha mavjud emas.

Kiritildi: Bugun 18:29. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!