Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

To‘qimachilik sanoati: eksportni oshirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

To‘qimachilik sanoati: eksportni oshirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qulay sharoitlarda to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi mamlakat va uning hududlari iqtisodiy o‘sishining muhim nuqtasiga aylanishi mumkin. Bu borada O‘zbekiston muayyan raqobat ustunligi va salohiyatga ega.

To‘qimachilik sanoati mamlakatimizning tovar va xizmatlar eksportida yetakchi o‘rinni egallaydi, aniqrog‘i tovar va xizmatlar umumiy eksportining qariyb 17,5 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlarining fikriga ko‘ra, so‘nggi yillarda eksportni sifat jihatidan diversifikasiya qilish bo‘yicha muayyan natijalarga erishilgan.

Birinchidan, mahalliy resurslarni ichki qayta ishlash (paxta tolasining 80-90 foizini qayta ishlash) hisobidan xom ashyo (paxta tolasi) eksportining qisqarishi va sanoat tovarlari (ip-kalava, mato, kiyim) eksportining ortishi ta’minlandi.

Ikkinchidan, xorijga qariyb 500 turdagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishga erishildi.

Uchinchidan, jahon bozorining yangi segmentlariga chiqish hisobiga O‘zbekiston jahonning 65 dan ortiq mamlakatiga mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va Qirg‘iziston – bizning asosiy savdo hamkorlarimiz hisoblanadi. Mamlakat to‘qimachilik mahsulotlarining taxminan 80 foizi ushbu mamlakatlarga eksport qilinadi.

PMTI tomonidan qilingan hisob-kitoblar Andijon, Namangan, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy eksportchilari ekanligini ko‘rsatdi. (2021-yilda tovar eksportining umumiy hajmida mintaqaning ulushi 11,0–17,5%, jami 66,6%).

Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida kalava ip va mato eksporti muhim yo‘nalish hisoblanadi.

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari kalava ip va matolarni qayta ishlashni chuqurlashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish hisobiga to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish zaxiralariga ega. Biroq PMTI ekspertlarining fikriga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish uchun quyidagi masalalarga e’tiborni kuchaytirish lozim:

1. Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarilgunga qadar ip va matolarni sanoat usulida davomli qayta ishlashni ta’minlash.

2. Eksportning istiqbolli yo‘nalishi sifatida innovasion to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni o‘zlashtirish.

3. Hududning milliy rang-barangligi, mahalliy an’analar, zamonaviy dizayn va modani hisobga olgan holda tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro mintaqaviy forumlarini o‘tkazish.

Kiritildi: 20:38 18.07.2022. O'qildi: 5587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!