Tunis sohilni qo‘riqlash bo‘linmalari mamlakat qirg‘og‘i yaqinida 18 nafar muhojirning jasadini topdi, deb xabar tarqatdi “Mosaique FM” radiosi.
– 17 martga o‘tar kechasi bir necha alohida amaliyot bajarildi, – deyilgan axborotda. Jumladan, qutqaruv va dengiz chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldini olish bo‘yicha ham.
Qayd etilishicha, dengizda olib borilgan amaliyot davomida qayig‘i cho‘kib ketish xavfi ostida qolgan 612 nafar afrikalik noqonuniy muhojir qutqarilgan.
Har kuni Tunis va Liviyadan Sahroi Kabir orqali qirg‘oqqa yetib kelgan o‘nlab muhojir qayiqda Italiyaga o‘tishga harakat qiladi. Afsuski, bunday xavfli “sayohat” ko‘pincha halokatli yakun topmoqda.