Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qatar va Xitoy Isroilni izolyasiya qilishga urinmoqda

Qatar va Xitoy Isroilni izolyasiya qilishga urinmoqda

Isroil bosh vaziri bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Biz turli davlatlar, jumladan Qatar boshchiligida Isroilni yakkalashga bo‘lgan urinishlar mavjudligini bilamiz. Qatar va Xitoy tomonidan moliyalashtirilayotgan axborot blokadasi amalga oshirilmoqda. Ular G‘arbda, shu jumladan AQShda ham faol harakat qilmoqda", — dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qatar va Xitoy sun’iy intellekt sohasiga ulkan mablag‘lar sarmoya qilmoqda va shu orqali an’anaviy ommaviy axborot vositalaridan ko‘ra kattaroq ta’sir kuchiga ega bo‘lmoqda. Biroq oddiy ommaviy axborot vositalari ham izolyasiyaga qo‘shilmoqda.

Netanyahuning ta’kidlashicha, bu izolyasiya boshqa sohalarga ham tarqalishi va Isroil iqtisodiy jihatdan to‘liq o‘zini ta’minlash — avtarkiya rejimini joriy etishga majbur bo‘lishi mumkin.

"Shuningdek, Isroil mudofaa sanoati uchun ham tahdidlar yuzaga kelmoqda. Biz Yevropalik qurol ishlab chiqaruvchilarga bog‘liqlikni kamaytirish uchun harbiy sanoat sohasiga sarmoyalarni oshirishda davom etamiz", — deya qo‘shimcha qildi Netanyahu.

Kiritildi: 23:21 15.09.2025. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!