Kelgusi yilda 2008 yildagidan ham talafotliroq jahon inqirozi ro‘y berishi mumkin, deb yozdi Business Insider.

Nashr qator asoslarni keltirdi:
- AQShda hozir uy-joy qurilishi uchun tasdiqlangan ruxsatnomalar soni rekord darajada kamaygan;
- Markaziy banklarning foiz stavkalari oshmoqda va buning oqibatida biznesni rivojlantirish uchun kredit oluvchilar soni tobora ozaymoqda;
- AQSh va Xitoy o‘rtasidagi faol savdo urushi;
- Resessiya ehtimoli 60-80 foiz deya baholanmoqda — bu juda ko‘p.
Yuqoridagi omillarning barchasi 2008 yilgi jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi — Buyuk resessiyadan oldin ham yuzaga kelgandi.