Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qumli Qoraqum cho‘lidagi g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik maskani (FOTOGALEREYa)

Qumli Qoraqum cho‘lidagi g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik maskani (FOTOGALEREYa)

Qal’ajiq majmuasi (Dovud qal’a). Arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan materiallar yodgorlikning mil.avv. IV asrga oid ekanligini tasdiqlaydi. Majmua Bog‘ot tumanidan janubi-g‘arbda, Hazoraspdan 25 km uzoqlikda Qoraqumning qum barxanlari chegarasida joylashgan. Yodgorlikning rejalashtirilishi noto‘g‘ri to‘g‘riburchakli bo‘lib, janubiy devor uzunligi 221 m, shimoldagi devor 184 m, g‘arbda 72 m, sharqda 114 m, tashkil etgan. Mudofaa devorlarining saqlanib qolgan balandligi 12-14 m, kengligi 2,5m. Qadimda ikki qatorli mudofaa devori bilan o‘rab olingan.

Qumli Qoraqum cho‘lidagi g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik maskani (FOTOGALEREYa)

Foto: Umid Sapayev

Qalajiq qal’a ko‘lining tabiiy suvi ming dardga shifo

Shifobaxsh dam olish maskanida, samarali va yoqimli dam olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu yerda mehmonxona, o‘tovli lager, atrofdagi hududlarda esa tuyaqush fermasi va tuyalarni ko‘paytirish joylari ham mavjud. Siz bu yerda siz otda sayr qilishingiz, Qalajiq-Qala qal’asidan topilgan qadimiy buyumlar muzeyiga tashrif buyurishingiz, turli milliy taomlarni tatib ko‘rishingiz mumkin. Ko‘lning suvi juda g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega, unda hech qachon hech kim cho‘kib ketmaydi, chunki u sho‘r bo‘lganligi uchun juda zich va shu bilan birga yumshoq va o‘rab oluvchi suvdir. Ko‘lning xususiyatlari Isroildagi O‘lik dengizni yeslatadi. Cho‘milishdan so‘ng, bemor avval nam qumga, so‘ngra quruq qumga ko‘milib yotishi kerak. Bu joy cho‘lda joylashganiga qaramay, hududdagi havo toza va shaffof, nafas oson va erkin olinadi. Uch-to‘rtta bunday muolajadan so‘ng, og‘riq ketadi. Bemorlar, dam oluvchilarning ahvolini kuzatuvchi shifokorlarning nazorati ostida bo‘lishadi.

Qumli Qoraqum cho‘lidagi g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik maskani (FOTOGALEREYa)

Foto: Umid Sapayev

Qumli Qoraqum cho‘lining o‘rtasida g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik shaharchasi joylashgan. Shaharcha hududida, ikkita asosiy diqqatga sazovor joy – yoshi qariyb uch ming yilga teng qal’a va shifobaxsh xususiyatlarga ega sho‘r ko‘l mavjud. Issiq cho‘l qumlari, sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi maydonlari bilan tutashib ketgan. “Qalajiq” sog‘lomlashtirish markazi, dam olishning jarayonining asosi hisoblanadi. Aytishlaricha, bu yerda revmatizm, bel og‘rig‘i va bo‘g‘im og‘rig‘ini davolash uchun juda yaxshi tabiiy iqlim sharoiti mavjud bo‘lganligi uchun odamlar ko‘lga qadim zamonlardan beri davolanish uchun kelishar ekan. Ko‘l suvi tarkibidagi foydali yelementlar, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilashga, qon aylanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. Suvning o‘ziga xos shifobaxsh xususiyatlarining mashhurligi shu kungacha saqlanib qolgan, shuning uchun bu yerga butun dunyodan sayyohlar kelib dam olishadi.

Qumli Qoraqum cho‘lidagi g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik maskani (FOTOGALEREYa)

Foto: Umid Sapayev

“Qalajiqqal’a OAZIS ekoturizm” fermer xo‘jaligi qarashli dam olish maskanini turizmni rivojlantirish maqsadida 2019 yilda ish faoliyatini boshladi. Maskanda quyidagi xizmat turlari tashkil qilingan:

  • 2 ta 200 o‘rinli restoran;

  • 1 ta 20 o‘rinli mehmonxona;

  • 10 ta hunarmanchilik savdo rastalari;

  • 14 ta savdo shaxobchalari;

  • 3 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasi

  • 25 gektar maydonda ekoturizm kompleksi (ko‘l, kichik mehmonxona, zoopark)

  • 36 ochkoli xojatxona va dush;

  • 40 ta uy o‘tovlari;

  • 500 o‘rinli yozgi dam olish joylari.

Qumli Qoraqum cho‘lidagi g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik maskani (FOTOGALEREYa)

Foto: Umid Sapayev

Natijada jami 250 ta, shundan 50 ta doimiy va 200 ta mavsumiy yangi ish o‘rinlari yaratildi. Hozirgi kunda 1 ta 400 o‘rinli amfiteatr, 1 ta 100 o‘rinli mehmonxona va 2 ta yopiq suv xavzalari (basseyn) qurilmoqda. Mazkur xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ishga tushishi natijasida yana qo‘shimcha doimiy 65 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Kiritildi: 18:23 19.09.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!