Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ukrainada qullikda saqlangan O‘zbekiston fuqarolari ozod qilindi

Ukrainada qullikda saqlangan O‘zbekiston fuqarolari ozod qilindi

"Kiyev viloyatida Xitoyning ikki fuqarosi, O‘zbekiston fuqarosi va ukrainalik ayol odamlarni noqonuniy ekspluatasiya qilish sxemasini tashkil qilgan. Ular qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlar o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda, ularga nisbatan ehtiyot chorasi ko‘rish masalasi hal etilmoqda", deyiladi Ukraina prokuraturasi bayonotida.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uy-joy, ish va og‘ir moddiy sharoitlar yo‘qligi sababli og‘ir ahvolda qolgan shaxslarni majburlash va aldash yo‘li bilan qullikka jalb qilgan.

"Odamlar nazoratda saqlangan, ishga majbur qilingan va harakat erkinligi cheklangan. Ular haddan tashqari kamsitilgan: hatto hojatxonaga borishga ham faqat belgilangan jadval bo‘yicha ruxsat berilgan, arzimagan qoidabuzarlik uchun jarima solingan", deyiladi xabarda.

Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilarning yashash joyi va xo‘jalik ob’ektlarini topgan. U yerda 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlangan xonalar aniqlangan.

Kiritildi: 22:14 19.09.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!