Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

To‘fon tufayli Urganchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

A A A
To‘fon tufayli Urganchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

O‘zbekiston havo yo‘llarining “Toshkent – Urgench – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan samolyoti Buxoroda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Sputnik".

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, bunga Urgench aeroporti hududida ko‘tarilgan kuchli chang to‘foni sabab bo‘lgan. Buxoro aeroportida 4,5 soat kutishdan so‘ng samolyot o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishni davom ettirgan.

Ushbu to‘fon sababli kompaniyaning “Toshkent – Urgench – Buxoro” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan 1051-sonli parvozi vaqtincha to‘xtatildi. Samolyot Nukus aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. 4,5 soatdan so‘ng u yo‘nalish bo‘yicha parvozini davom ettirdi.

 

Kiritildi: 23:30 27.05.2018. O'qildi: 1763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik